Nukus shahridagi 22-bolalar musiqa va san’at maktabi bugun nafaqat shahar, balki respublika hamda xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan ijod maskaniga aylangan. Maktab tarbiyalanuvchilari joriy yilni ham yirik yutuqlar bilan boshlab, Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro festivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ayni kunda mazkur ta’lim dargohida 11 ta yo‘nalish bo‘yicha 465 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Xalq cholg‘ulari, fortepyano, torli, damli va zarbli cholg‘ular, estrada va akademik xonandalik, tasviriy va amaliy san’at, xoreografiya, teatr san’ati hamda baxshichilik (jirov) san’ati yo‘nalishlari yosh iste’dodlarning iqtidorini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
[gallery-27225]
Maktabda 30 nafardan ziyod malakali pedagog-o‘qituvchi faoliyat olib borib, musiqa va san’at sirlarini o‘quvchilarga zamonaviy usullar asosida o‘rgatib kelmoqda. Mashg‘ulotlarda o‘g‘il-qizlarning ijodiy qobiliyatini yuzaga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktab tarbiyalanuvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston va xalqaro darajada o‘tkazilayotgan turli festival va tanlovlarda muntazam qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, 2024 yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “OPEN ASIA–2024” xalqaro festivalida “Ayqulaq” ansambli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2025 yilning aprelida “Tasviriy va amaliy san’at festivali”da Niyatboy Ziyodboyev 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shu yil may oyida o‘tkazilgan “Ijod bahori” respublika tanlovida Aygerim Almuratova va Go‘zal Sirjiddinova 1-o‘rinni, Dilnoza Odilova va Umida Eshmuratova 2-o‘rinni egalladi. Noyabr oyidagi “Ohanglar jilosi” respublika tanlovida esa Gulsanam Ayapbergenova 1-, Mohira Alimboyeva 2-, Munisa Baylepesova 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
2026 yilning 8-10 yanvar kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “New Start Tashkent” xalqaro festivali maktab uchun yangi yutuqlar yilining munosib boshlanishi bo‘ldi. Baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha Guloyim Baxitboyeva va Ulzoda Sarsenbayeva 1-o‘rinni, Durdona Uzoqboyeva va Nilufar Mamutova 2-o‘rinni egallab, ta’lim maskanining nufuzini yanada oshirdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ETlbdWSGsJU?si=tpojujauBo-1sPeB" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV(surat+video),O‘zA