Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
San’atga baxshida umr
13:35 / 2021-01-30

Shunday insonlar borki, yuksak iste’dodi, ohangdor ovoz sohibi ekanligi, madaniyat va san’atga qo‘shgan hissasi beqiyosligiga qaramay kamtarona hayot tarzida yashab o‘tadi.

Ana shunday insonlardan biri Ortiq Otajonov edi. O‘zbek san’atida bu nom o‘zining zalvori, mehnati va soxir ovozi bilan yuraklarga muhrlangan.

Fayzli umr sohibi, yuksak iste’dodi va ijodkorlik qobiliyati bilan o‘lmas asarlar yarata olgan xonanda, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ortiq Otajonov 30 yanvar kuni tavallud topgan.

U Xorazm “Lazgi” ansamblida bir necha yillar davomida badiiy rahbar sifatida faoliyat yuritdi. Xorazm mumtoz ashulalari “Feruz”, “Chapandozi suvora”, “Xorazm dugohi” kabi go‘zal va betakror ijrolari, o‘zi bastalagan “Zebolanib kelibsiz”, “Sening kulishlaring”, “Boshqacha”, “Ona diyorim” qo‘shiqlari Ortiq Otajonov ijodining bebaho merosi bo‘lib qoladi.

Katta san’atkordan qolgan meros yillar o‘tsada, tarovatini yo‘qotmaydi. Ortiq Otajonov hayoti davomida ko‘plab shogirdlar tarbiyaladi, o‘zining qimmatli maslahatlarini ulardan ayamadi. U ana shunday odamiylik fazilatlari va samimiyligi bilan xalqimiz qalbidan mangu joy oldi.

M.Qudratullayeva,O‘zA