San’at sohasidagi hamkorlik kuchayadi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, professor Avaz Mansurov va Harbiy musiqa akademik litseyi direktori Ravshan Nig‘matov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida san’at sohasidagi amaliy hamkorlik ishlarini rivojlantirish borasidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Bunda har ikki tuzilma hamkorlikda musiqiy loyihalar, ustozlardan mahorat darslari, konsertlar, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tanlov va festivallarni o‘tkazish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hamda Harbiy musiqa akademik litseyi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.
N.Usmonova, O‘zA