French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
San’at ixlosmandlari bir joyda jam bo‘ldi
10:43 / 2025-12-06

FOTOREPORTAJ

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida viloyat maqom ansamblining yil yakuni bo‘yicha an’anaviy hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ansambl tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ijodiy ishlar, yaratilgan yangi asarlar va repertuar yangiliklari keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Konsert dasturida Jizzax viloyatida ijod qilib, milliy san’at ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan marhum san’atkorlar ijodidan namuna sifatida bir qator kuy va qo‘shiqlar ham ijro etildi.

- Bugungi konsert viloyatimizda amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlarning amaliy samarasini ko‘rsatib berdi, - deydi maqom ansambli rahbari Zulxumor Mamarasulzoda. - Jizzax san’at maktabida ulkan iz qoldirgan ulug‘ san’atkorlarimizning xotirasini yod etdik. Chunki ularning asarlarini yosh avlodga yetkazish, madaniy merosni asrab-avaylash va uni davom ettirish bizning asosiy maqsadlarimizdan biridir.

[gallery-26592]

Ansambl ijrochilarining jonli ijrosi, maqom san’atining turli yo‘nalishlariga oid noyob asarlar hamda har bir musiqiy chiqishga berilgan qisqa ma’rifiy tushuntirishlar konsert dasturini yanada mazmunli qildi.

Kecha tomoshabinlarning ko‘tarinki ruhdagi ishtiroki ostida faol o‘tdi va badiiy jihatdan yuksak baholandi.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA