“Rassom ustaxonasi”
1-qism
“Rassom ustaxonasi” loyihasining bu galgi qahramoni O‘zbekiston milliy rassomchiligi oltin xazinasidan joy olgan rassom Akmal Ikromjonov.
Tabiatdagi ranglar uyg‘unligini chuqur his eta oladigan, obrazlarning ta’sirchan, rostmana milliy ko‘rinishga olib kelgan. Asarlari, odatda o‘zbek tasviriy san’atida milliy ruhni zamonaviy badiiy yechimlar bilan uyg‘unlashtirilishi bilan ahamiyatli deb baholanadi. Musavvirning ishlarida plastik uslub va rangtasvir texnikasi usullari ishonarli va majoziydir. Akmal Ikromjonovning natyurmortida falsafiy g‘oya va dunyoqarashni ifodalash vositasi kuchli tasvirlangan. Uning asarlari tomoshabinni nafaqat estetik zavqqa, balki fikrlashga, hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi. Ular yosh avlodni san’atga qiziqtirishda muhim o‘rin tutadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jT-WkmBDcyg" title="“Rassom ustaxonasi” San’at insonni yuksaltiradi 1-qism " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Rassom 1988 yili “Orol – mening dardim” asari orol fojiasini faqat bir hudud muammosi sifatida emas, balki butun insoniyat uchun ogohlantiruvchi saboq sifatida ko‘rsatadi. “Orol – mening dardim” degan nomning o‘ziyoq rassomning shaxsiy alamini, fuqarolik pozitsiyasini va jamiyat oldidagi ma’suliyatini anglatadi. Uning asarlari “oddiy rasm” emas, fikrga chorlovchi badiiy asar sifatida qabul qilinadi. Rassomning asarlari estetik, ma’naviy va madaniy jihatdan ahamiyatli bo‘lib, o‘zbek tasviriy san’atining boyishiga xizmat qiladi.
Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA