«San’at g‘unchalari» respublika tanlovida damli va zarbli cholg‘u ijrochilari o‘zaro bellashdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi hamkorligida bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari o‘rtasida yosh ijrochilarning «San’at g‘unchalari» XXIV respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Yosh ijrochilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, musiqa san’atini targ‘ib qilish va o‘zaro tajriba almashishlariga imkon yaratish maqsadida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar 3 yo‘nalishda bellashdi.
Ishtirokchilarning ijodiy mahorati har bir yo‘nalish bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Shuningdek, tanlov doirasida mahorat darslari va Toshkent shahri muzeylariga sayohat tashkil etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA