French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
San’at ahli uchun tuhfa
10:49 / 2024-12-08

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda nuroniylar, madaniyat va san’at namoyandalari, yoshlar ishtirok etdi.  

Marosimda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov so‘zga chiqib, serqirra iste’dod egalari jamlangan mazkur ijodiy jamoaning Xorazm qo‘shiqchilik va raqs san’ati rivojidagi ulkan xizmatlari haqida to‘xtaldi.  

[gallery-20758]

Ta’kidlash joiz, ushbu dargohda ko‘p yillar davomida milliy san’atimiz darg‘alari faoliyat ko‘rsatgan, xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, nufuzli ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqqan. Filarmoniya jamoasi dunyo bo‘ylab gastrol safarlarida, xalqaro festivallarda milliy san’atimizni zo‘r mahorat bilan namoyish etib kelmoqda.  

Voha ko‘rkiga ko‘rk bo‘lib qo‘shilgan ushbu yangi san’at koshonasida san’atkorlarning erkin ijod qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Yangi bino Konstitutsiya bayrami arafasida voha san’at ahli uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA