Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sanam Nazarova jahon kubogida sovrindor bo‘ldi
10:47 / 2026-01-30

Misrning Qohira shahrida kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazilmoqda. Unda 20 dan ortiq davlatdan 120 nafarga yaqin qilichbozlar yakkalik va jamoaviy bahslarda ishtirok etayotir.

Mazkur jahon kubogida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sanam Nazarova kadetlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida misrlik Lilli Faragni, rossiyalik Valeriya Lyadovani va mezbonlarning yana bir vakili Farida Halilni taslim etib bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Nufuzli musobaqada bugun, 30 yanvar kuni o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar start oladi. Unda O‘zbekiston, Italiya, Fransiya, Germaniya, BAA, Belgiya, Chili, Chexiya, Ispaniya kabi yetakchi mamlakatlardan kelgan 480 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:

Qizlar:

Asal Toshmuhammedova,  

Go‘zal Toshmuhammedova,  

Ozodaxon Usmonjonova,  

Marvarid Zuvaydulloyeva.

O‘g‘il bolalar:

Saidbilol Alimov,  

Abrorbek Ermamatov,

Koblan Kamalov,  

Iskandar To‘rishev.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA