San’atning mo‘jizaviy kuchi
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida yosh iste’dodli rassomlar – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Xudoyshukur Rajabov va Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi Lutfullo Qodirovning “San’atning mo‘jizaviy kuchi” nomli shaxsiy ko‘rgazmalari ochildi.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan ko‘rgazmada davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, akademiklar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ijodkorlar, professor-o‘qituvchilar, yoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Insonning ruhiy irodasi chiniqqan bo‘lsa, jismoniy imkoniyatlarning chegaralangan bo‘lishi unga orzularini amalga oshirishga to‘siq bo‘la olmaydi. Muhimi inson o‘zini va o‘z orzularini to‘g‘ri anglab unga intilishi zarur. Kuchli ruhiy irodaga ega ijodkorlar bugun jismoniy imkoniyatlaridan qat’iy nazar baland marralarga intilib yashamoqda. Ana shunday iste’dod egalari bo‘lgan Xudoyshukur hamda Lutfullo bugun o‘z orzulari sari dadil qadam tashlab bormoqda.
Yosh iste’dod sohiblari ko‘pchilik rassomlardan farqli o‘laroq o‘z asarlarini oyoqda yaratadi. Lekin ularning asarlariga nazar tashlar ekansiz buni biron joyda his qilmaysiz. Chunki ular asarlarini, avvalo, yuragida chizadi. Shuning uchun ham bu ko‘rgazma “San’atning mo‘jizaviy kuchi”deya nomlandi.
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan asarlarni kuzatarkansiz ularda inson tuyg‘ulari, tabiatning ko‘rkamligi va mo‘jizalarini o‘zida jamlagan yaxlit bir obrazni ko‘rishingiz mumkin.