French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukus shahrida musiqa va san’at maktabi binosi foydalanishga topshirildi
16:48 / 2016-10-13

Nukus shahridagi 22-bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Nukus shahridagi 22-bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni kashf etish va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni jarayonda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yil 8-iyuldagi “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida zamonaviy musiqa va san’at maktablari bunyod etilmoqda.

San’at maktabining ikki qavatli yangi binosi “Qoraqalpoqqurilishmontaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari asosida bunyod etildi. Bu yerda fortepyano, milliy va zamonaviy cholg‘u asboblari, an’anaviy xonandalik, xoreografiya, estrada, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha alohida sinf xonalari, 210 o‘rinli zamonaviy konsert zali mavjud.

– Ta’lim dargohimizda 200ga yaqin o‘g‘il-qiz o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarda saboq olmoqda, – deydi maktab direktori Axmet Tajimuratov. – Yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoiti va qulayliklar kelgusida yoshlarning iste’dod va mahoratini yanada oshirish, yurtimiz san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi.