French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samvel Babayan “Andijon” klubini boshqaradi
10:17 / 2025-12-01

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining joriy yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Garchi ushbu mavsum yakunlanib, yangi liga musobaqasiga qadar bir necha oy borligiga qaramasdan, ayrim jamoalarimiz bo‘lajak chempionatga tayyorgarlikni hozirdan boshlab yubordi.

Gap shundaki, bu yilgi chempionatda 35 ochko jamg‘arib, 11-o‘rindan joy olgan “Andijon” klubi rahbariyati yangi mavsumga tayyorgarlikni jamoa bosh murabbiyini o‘zgartirishdan boshladi. Mutasaddilar ushbu lavozimni tajribali murabbiy Samvel Babayanga ishonib topshirdi.

Shu o‘rinda, Samvel Babayan haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni lozim topdik. Samvel Babayan 1971 yilning 19 may sanasida Toshkentda tavallud topgan. U murabbiylik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Navbahor”, “Spartak” (Latviya), “Lokomotiv”, “Chanchun Yatay” (Xitoy) kabi klublarda bosh murabbiylik qilgan va O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham boshqargan.

Samvel Babayan bosh murabbiy va klub rahbari sifatida “Paxtakor” bilan 9 karra O‘zbekiston chempioni, 8 marta O‘zbekiston kubogi g‘olibi, Osiyo chempionlar ligasida ikki marta yarim final ishtirokchisi, bir marta MDH kubogi g‘olibi, Osiyoning eng yaxshi klubi, shuningdek, “Navbahor” bilan O‘zbekiston chempioni bo‘lgan va ikki marta O‘zbekiston kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan holda OCHL 1\8 finaligacha yetib borgan.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA