English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sammit doirasida barcha davlatlar uchun istiqbolli va yirik loyihalar ko‘rib chiqiladi (+video)
20:11 / 2022-09-14

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha Milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov Samarqand sammitida imzolanishi kutilayotgan muhim hujjatlar, jumladan, “Samarqand deklaratsiyasi” xususida ma’lumot berdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida o‘n beshga yaqin yangi hujjat ishlab chiqildi. Savdo, sanoat kooperatsiyasi, sun’iy intellekt va yuqori texnologiyalar, raqamli transformatsiya, transport o‘zaro bog‘liqlik kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan mazkur kelishuvlar barcha davlatlar uchun istiqbolli sa’y-harakatlarni belgilab beradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6sf0glb-Ko0" title="Sammit doirasida barcha davlatlar uchun istiqbolli va yirik loyihalar ko‘rib chiqiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Bilamiz, SHHT bugungi kunda yigirmadan ziyod mamlakatni qamrab oladi. Samarqand sammitida tashkilotning miqdoriy kengayishi bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi. Masalan, Eronni tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida Memorandum imzolanadi. Qolaversa, qator davlatlar sherik maqomini olishi kutilyapti. Bu albatta, tashkilot evolyutsiyasi uchun siyosiy voqea, deb aytish mumkin.

SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan tuzilmaning keyingi o‘n yillikdagi rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha strategik taklif va tashabbuslar berilishi rejalashtirilgan. Bularning barchasi “Samarqand deklaratsiyasi”da o‘z ifodasini topadi.

Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA