Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samimiy qutlovlar
19:00 / 2017-09-01

Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelishi davom etmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Shavkat Miromonovich!

Sizni va Sizning timsolingizda butun O‘zbekiston xalqini O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami - Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘zim va Ozarbayjon xalqi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Qardosh O‘zbekistonning mustaqillik va davlatchilikni mustahkamlash yo‘lidan dadil borayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniyat sohalarida erishayotgan muvaffaqiyatlari bizni g‘oyat quvontiradi.

Ozarbayjon va O‘zbekistonni azaldan do‘stlik va hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. O‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashga asoslangan munosabatlarimiz xalqlarimiz irodasi bilan bundan buyon ham rivojlanib, yanada mustahkamlanib borishiga ishonaman.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, fursatdan foydalanib, Siz va barcha O‘zbekiston musulmonlariga muborak Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tilaklarimni yo‘llayman. Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lida davlat rahbari lavozimidagi mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan,

Ilhom Aliyev,
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti

*  *  *

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Yaponiya Imperatori Akixito

O‘mon Sultoni Qobus bin Said

Shvetsiya Qiroli Karl Gustav XVI

Vengriya Prezidenti Ader Yanosh

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuong

Yaponiya hukmron Liberal-demokratik partiyasi Bosh kotibi Toshixiro Nikai

Evropa parlamenti deputati Fulvio Martushello

Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.