Samimiy muloqot, manfaatli hamkorlik, ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida
Samarqandda “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Samarqandda “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Anjumanning ikkinchi kuni ishtirokchilar “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” hamda “Barqaror taraqqiyotga tahdidlarga qarshi kurashishda xalqaro hamjamiyatning Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘magi” mavzularidagi sho‘ba majlislarida dolzarb ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning konferensiyada so‘zlagan nutqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan tashabbuslarning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, mintaqa davlatlari taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’kidladi.
– Markaziy Osiyo davlatlari bugungi kunda o‘zaro hamda MDH, ShHT kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlik qilib kelmoqda, – deydi MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev. – Bu mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, mamlakatlar iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbus – Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish esa bu aloqalarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish va rivojlantirish imkonini beradi. Samarqandda o‘tkazilgan mazkur xalqaro konferensiya bu borada muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin. Ikki kun davomida mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari, xalqaro tashkilotlar vakillari birgalikda Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, tranzit-logistika tarmog‘ini kengaytirish, suv va energetika resurslaridan samarali foydalanish, umumiy xavf va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish masalalarini atroflicha muhokama etdi. Bu albatta, mintaqa davlatlarining tarixan qaror topgan qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlash va istiqbolli maqsadlari ro‘yobga chiqishiga yordam beradi.
– Markaziy Osiyo davlatlari o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘liga ega, – deydi AQSh davlat kotibining Afg‘oniston va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Genri Ensher. – Qisqa fursat – 25 yil ichida bu davlatlar jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topib, rivojlanish sari dadil odimlamoqda. Ushbu mamlakatlarning Markaziy Osiyoda tinchlik-barqarorlikni saqlash, global muammolarga qarshi birgalikda kurashishga intilayotgani g‘oyat quvonarli. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida hamda mazkur konferensiyada bildirilgan tashabbus va g‘oyalar alohida ahamiyatga ega. Ikki kun davomida mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari va boshqa siyosiy, iqtisodiy doiralar vakillari mazkur tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatladi.
Sho‘ba majlislari tugagach, xalqaro forum yakunlari bo‘yicha tashkilotchilarning xulosalari bayon etildi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.Komilov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT shafeligida tashkil etilgan xalqaro anjuman har tomonlama foydali muloqotlarga boy bo‘lganini ta’kidladi. Unda 20 dan ortiq davlat, 10 dan ziyod xalqaro tashkilot vakillari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari faol ishtirok etgani qayd etildi. Anjuman davomida 70 dan ortiq ma’ruza tinglandi. Bu chiqishlarda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiyot, transport, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, suv-energetika resurslaridan birgalikda oqilona foydalanish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va tahdidlarga qarshi hamkorlikda kurashish, qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish yuzasidan muhim takliflar bildirildi.
Anjuman qatnashchilari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ahil qo‘shnichilik va hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, mintaqa davlatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuvlarini o‘tkazish va boshqa tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir maxsus rezolutsiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.
Xalqaro konferensiya yakuni bo‘yicha kommyunike qabul qilindi.
BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mazkur xalqaro konferensiya mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, davlatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashda tarixiy ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining chiqishlari, o‘zaro muloqotlar mamlakatlarning bir-biriga ishonchini mustahkamlab, kelgusi hamkorlik aloqalarini yangicha sur’atda davom ettirishga jo‘shqin ruh berdi.
BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal anjuman yuqori saviyada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik izhor etdi. Ushbu xalqaro forum mintaqa davlatlarining hududda osoyishtalikni ta’minlash, narkotrafik, odam savdosi va boshqa global muammolarga qarshi kurashish borasidagi qarashlari mushtarak ekanini yana bir bor namoyon qilganini qayd etdi. Konferensiyada muhokama etilgan masalalar, bildirilgan taklif va tashabbuslar kelgusi muloqotlarga asos bo‘lishi, mintaqa davlatlarining bu intilishlari BMTning barcha tuzilmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.
Xalqaro anjuman yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Konferensiya qatnashchilari Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.