Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SamDUda “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda
22:28 / 2025-04-15

Samarqand davlat universitetida an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalari boshlandi. Mazkur bellashuvlar futbol, voleybol, kurash kabi ommabop sport turlarini o‘z ichiga olgan.

Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husan To‘xtayevlar ishtirok etdi.

Musobaqalar boshlanishidan avval tashkil etilgan badiiy chiqishlar tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Badiiy gimnastika, futbol, voleybol, basketbol, qo‘l to‘pi va kurash sport turlari bo‘yicha chiqishlar ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Sportchilarning jismoniy salohiyati, harakatlaridagi uyg‘unligi barchaga ko‘tarinki ruh ulashdi.

“Rektor kubogi” sport musobaqalari davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, g‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

O‘zA