Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SamDU talabalari o‘qishni Tomskda davom ettiradi
19:51 / 2022-08-25

Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti 8 bakalavriat yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlab, 2+2 dasturi bo‘yicha Rossiya, Isroil, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Ushbu fakultet iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishi ilk qardirg‘ochlari - 20 nafar talaba tahsilni Rossiyaning Tomsk davlat universitetida davom ettiradigan bo‘ldi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar ikkala universitetning bakalavr diplomini oladi.

– Samarqand iqtisodiyot kollejini iqtisodiyot tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha tamomlaganman, – deydi iste’dodli yoshlardan biri Farangiz Boqiyeva. – Kelajagimni shu sohada ko‘rib, o‘qishni oliy ta’lim tizimida davom ettirishga qaror qildim va shunga erishdim. SamDUda ikki yil davomida yetarli bilim, malakaga ega bo‘ldim. Endi yana ikki yil Tomskda ilm olaman.

– 4 yil ichida ikki universitet diplomiga ega bo‘lish men uchun juda quvonarli, – dedi Jahongir Bobomurodov. – Jonajon dorilfununimizda zamonaviy texnologiyadan foydalangan holda tegishli bilim, ko‘nikmaga ega bo‘ldik, chet tillarni o‘rgandik. Kelajak poydevorini yanada mustahkamlash uchun Rossiyaga ketyapmiz. Yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun astoydil intilamiz.

– Kun sayin yoshlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kengayib borayotganidan quvonasan, kishi, – deydi Azamat Tursunov. – Farzandim endi chet elda o‘qiydi, deb bemalol g‘ururlanib ayta olaman. Bugun to‘g‘ri tanlov qilganimizga yana bir bor amin bo‘ldim.

Behruz SHAMSIDDINOV,

SamDU axborot xizmati xodimi,

Shavkat AKRAMOV (surat)