SamDU rektori Moskva davlat universiteti faxriy professori unvoniga sazovor bo‘ldi...
Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov Moskva davlat universiteti faxriy professori unvoniga sazovor bo‘ldi.
Moskva davlat universiteti tashkil etilganligining 268 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda MDU rektori, akademik Viktor Sadovnichiy SamDU rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Senator Rustam Xolmurodovga, «Rosatom» davlat korporatsiyasi Bosh direktori Aleksey Lixachyovga Moskva davlat universiteti faxriy professori unvoni hamda diplom va medalini topshirdi, deya xabar beradi Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati.
O‘zA