Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SamDTIda O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining birinchi forumi tashkil etildi
16:47 / 2021-11-18

Samarqand davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining birinchi forumi o‘z ishini boshladi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirni SamDTI rektori Jasur Rizayev ochib berdi va forumga 8 ta tibbiyot OTMlari — ToshPMI , TDSI , ADTI , TTA , TTASF, TTAUF, QQTI, BuxTIdan tashrif buyurgan 100 dan ortiq talabalarga omad tiladi.

Tadbirning birinchi kuni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda. Forumdan maqsad: tibbiyotni fundamental va amaliy fanlari bo‘yicha talabalarning bilim darajasini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarini jahon va milliy tibbiyot merosiga jalb qilishdir.

Forumning birinchi kunida loyiha va roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rsatilgan loyihalar tibbiyot va tibbiy ta’lim darajasini oshirishga hissa qo‘shishi bilan bir qatorda kelajakda uni targ‘ib qilish uchun eng yaxshi loyihaga SamDTI rektori tomonidan mukofot pullari taqdim qilinadi.

Shuningdek, forum doirasida Samarqand shahar yoshlar markazida Talabalar sammiti bo‘lib o‘tdi. «Ta’lim sifatining pasayishi va shu bilan birga, mehnat bozorida tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining raqobatbardoshligining tushishi» mavzusi muhokama qilinadi.

Bu kabi dolzarb muammo bo‘yicha munozaralar olib borildi.

Forumning ikkinchi kunida yetakchi mutaxassislardan ma’ruzalar, «Zakovat» va «Munozara» intellektual ko‘ngilochar tanlovlari o‘tkaziladi.

 

Shuhrat NE’MATOV, O‘zA