Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambochilarimizning Qirg‘izistondagi muvaffaqiyati
09:11 / 2021-08-08

Cho‘pon ota shahrida yakunlangan xalqaro turnirda yurtimiz sportchilari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

6-7 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘pon ota shahrida sambo va jangovar sambo bo‘yicha 34-xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning12 nafar sportchisidan yetti nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan sambo sport turi tan olinganidan keyin ilk bor o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqaning sambo bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Islom Hojiboyev(58) va Amrillo Madiyev(64) barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medallarga musharaf bo‘lishdi. Shuningdek, Asqarbek Avganov(88) kumush,ayollar bahsida Aynura O‘rozaliyeva(50) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jangovar sambo bellashuvlarining 58 kilogramm vaznida Lutfulla Saydamatovning g‘alabasi evaziga Cho‘lpon ota turnirida O‘zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz sarbaland bo‘ldi.Vakillarimizdan Sirojiddin Anorqulov(58) va San’atbek Usmonov(79) esa xalqaro turnirning kumush medallariga sazovor bo‘ldi.

To‘lqin Ro‘ziyev