Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambochilarimizning jahon chempionatidagi medallari soni 7 taga yetdi
11:12 / 2024-11-10

Qozog‘istonda sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Kecha jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlarida 9 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Murosasiz bellashuvlar natijasida sambochilarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Shahzoda Azatova -59 kilogrammda jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Sardor Olimjonov -64 kilogrammda, Ozodbek Murotov -98 kilogrammda va Mavluda Abdullayeva -80 kilogrammda kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamizning umumiy sovrinlari soni 2 ta oltin, 5 ta kumush medalni tashkil etmoqda.

Bugun, 10 noyabr kuni musobaqaning so‘nggi kunida sambochilar 10 ta vaznda kechadigan kurashlarda gilamga chiqadi. Terma jamoamiz a’zolaridan Ubaydullo Mo‘minov, Ne’mat Yoqubov, Lutfilla Saydamatov, Musoxon Ziyadinov, Ziyod Hakimboyev,  Ibodatxon Agojonova, Marjona Tursunova va Feruza Boboqulova o‘z vaznlarida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA