Armanistonda sambo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining so‘nggi kunida sambochilarimiz 9 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Dunyo yoshlari o‘rtasida o‘zining yuksak mahoratga ega ekanini yana bir karra isbotlagan Diyorbek Pirnazarov va Muxlisaxon Qodirberganova musobaqa davomida barcha raqiblarini yengib, yakunda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Gulhayo Jo‘rayeva, Mohigul Komiljonova hamda Asror Hamidov o‘z vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Egambergan Iskandarov, Shohjahon Temirov, O‘g‘ilxon Kenjaboyeva va Feruza Boboqulova Jahon chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa Yerevan shahrida yoshlar, o‘smirlar va kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida delegatsiyamiz umumiy hisobda 17 ta medal qo‘lga kiritdi.
Quyida kadetlar o‘smir o‘rtasida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz bilan tanishasiz:
O‘smirlar:
OLTIN:
+98 kg.: Mahmudjon Maxsudov
KUMUSH:
-71 kg.: Shahriyor Karimov
-65 kg.: Muxlisa Turdiyeva
-59 kg.: Feruza Boboqulova
BRONZA:
-98 kg.: Qutlimurod No‘monov
-72 kg.: Sevinch Mahmudjonova
-47 kg.: Ulbo‘lsin Hakimova
Kadetlar:
KUMUSH:
-46 kg.: Ne’matjon Xudoyberganov.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA