Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambochilarimiz Yerevanda jahon kubogi uchun kurashga kirishdi
17:19 / 2025-06-07

Bugun, 7 iyun kuni Armaniston poytaxti Yerevanda sport va jangovar sambo yo‘nalishlari bo‘yicha jahon kubogi bahslari boshlandi.

Mukofot jamg‘armasi 196 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan turnirda dunyoning eng kuchli sambochilari 28 ta vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.

Mahoratli sambochilarimizdan Ilhom Parmonov (-58), A’zam Rashidov(-64), Ubaydullo Mo‘minov(-71) va Asqarbek Avganov(-88) sport sambo musobaqalarida kurash olib bormoqda. Ro‘zmatboy Rahimberganov(-71) esa jangovar sambo yo‘nalishida chempionlik uchun janglarga kirishadi.

Bugun kun davomida sport va jangovar sambo yo‘nalishlarining 14 ta vaznida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Ertaga jangovar sambo yo‘nalishidagi bellashuvlarda Ro‘zmatboy Rahimberganov o‘z omadini sinab ko‘radi.

Jahon kubogi nizomiga muvofiq, musobaqada g‘oliblikka erishgan sambochilar 3 ming, 2-o‘rin sohiblari 2 ming va 3-o‘rindan joy olganlar ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Yerevan sport maydonida o‘tayotgan bellashuvlarni boshqarib borishda o‘zbekistonlik tajribali sambo mutaxassisi Islom Odilov hakam sifatida qatnashmoqda.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA