Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambochilarimiz muvaffaqiyati
10:05 / 2020-12-21

Joriy yilning 16-20 dekabr kunlari Moskva shahrida sambo bo‘yicha kattalar, ayollar va jangovar sambo yo‘nalishida Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. 17 davlatdan 130 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan nufuzli turnirda hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Bugun erta tongda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sambochilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

- Moskvada bo‘lib o‘tgan  Jahon kubogida sportchilarimiz 3 ta oltin, 8 ta         kumush va 3 ta bronza medallariga erishdi, - deydi sambo bo‘yicha mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Roman Shokirov.

[gallery-519]

Kutib olish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, cambo federatsiyasi, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

 

Muhammad AMIN (surat), O‘zA