Indoneziyaning Bogor shahrida sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar sambo terma jamoalari ham ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, terma jamoamiz safida Ozodbek Otayev (yoshlar) oltin, Zafarjon Toshtemirov (yoshlar),Mohinur Aralova (yoshlar), Davlat Kozimov (o‘smirlar), Bilolbek Abdugapparov (o‘smirlar) va Saidahmad Ravshanov (o‘smirlar) kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Asadbek Matyoqubov (yoshlar), Ramajon Saparova (yoshlar), Mashhura Ganiyeva (yoshlar), Sanjar Oblakulov (yoshlar), Asilbek O‘rolov (yoshlar, jangovar sambo), Abbos Shermahmatov (yoshlar, jangovar sambo), Ollanazar Qodirov (yoshlar, jangovar sambo), Vazira Nurullayeva (o‘smir qizlar) kabi sambochilarimiz shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Qayd etish lozimki, yoshlar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi yigitlari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni band etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA