Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambochilarimiz jahon chempionatida muvaffaqiyatli start oldi
08:38 / 2025-10-25

Buxoro shahrida sambo bo‘yicha faxriylar o‘rtasida start olgan jahon chempionatida turli mamlakatlardan kelgan 400 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etmoqda.

Musobaqaning birinchi kungi bellashuvlarida 3 ta yosh toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, mazkur bahslarda vakillarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Jumladan, 65 yosh va undan kattalar o‘rtasida  Xuboyberdi Mamatov kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Samandar Saloyev bronza medal bilan taqdirlandi. 60-64 yosh toifasida Feruz Agzamov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.  

55-59 yoshlilar orasida  Shahobiddin Gulov va  Razzoqberdi Boltayev kumush, Hamid Karimov, Faxriddin Bahronov, Sadriddin Karimov bronza medalga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA