Sambochilarimiz jahon chempionatida 10 ta medal qo‘lga kiritdi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Chempionatning jangovar sambo yo‘nalishida Shahzoda Azatova, Oybek Soliyev, Sohibjon Hasanboyev va Islom Nosirov kumush, Xurshida Abduvohidova hamda Madinabonu Salohiddinova esa bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Parasambo yo‘nalishida vazni -64 kg bo‘lgan Diyorbek Maydonov finalgacha barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Havaskor sambo bo‘yicha sport sambo bellashuvlarida Ibodatxon Agojonova, Gulina Obloqulova va Asror Hamidov kumush medallar sohibiga aylandilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Jahongir Qoraboyev, Roman Shakirov va Yekaterina Bliznetsova qo‘l ostidagi terma jamoamiz 8 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumiy hisobda 10 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA