Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambochilar O‘zbekiston kubogi uchun bellashmoqda
12:18 / 2025-12-25

Shu kunlarda Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida sambo bo‘yicha yilning so‘nggi rasmiy musobaqasi – O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazilmoqda.

Kubok bellashuvlarida yurtimizning turli hududlaridan kelgan eng sara sambochilar sovrinli o‘rinlar uchun keskin va murosasiz bahslarda kuch sinashmoqda.

Bellashuvlar erkaklar, ayollar hamda jangovar sambo yo‘nalishlarida tashkil etilib, musobaqa ishtirokchilarining sport mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyon etishga xizmat qilmoqda.

—Yangi yil arafasida o‘tayotgan mamlakat kubogi bellashuvlari hududlarda samboning rivoji va mahoratli sportchilarni tayyorlash qay darajadaligini belgilab berishi bilan ahamiyatli sanaladi. Qolaversa, ushbu musobaqalar orqali mahoratli sambochilar saralanadi, hakam va murabbiylarning faoliyatiga baho beriladi, —deydi O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Islom Odilov.

Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston kubogining barcha vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA