Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambo: Toshkent Osiyo-Okeaniya chempionlarini aniqlaydi
10:40 / 2025-04-14

Bugun, 14 aprel kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati bahslari boshlandi. Musobaqada har ikki qit’aning 25 ga yaqin mamlakatlaridan 600 nafardan ziyod sambochilar sport va jangovar sambo bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Poytaxtimizdagi “Yunusobod“ sport majmuasida o‘tadigan chempionatda bellashuvlar kattalar o‘rtasida sambo va jangovar sambo, shuningdek, ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida bahslar tashkil etilishi belgilangan. Chempionat doirasida Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqining kongressi tashkil etiladi. Kongressda bir qator muhim tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Musobaqalar 20 aprelga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA