Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambo. O‘zbekiston chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tish va qatnashish talablari muhokama qilindi
19:22 / 2022-02-16

Joriy yil 21-23 fevral kunlari poytaxtimizdagi «Universal» sport majmuasida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi ushbu chempionatni yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlab, ZOOM platformasi orqali onlayn yig‘ilish tashkil etdi.

Unda O‘SA mutaxassis va mutasaddilari, assotsiatsiyaning hududiy bo‘lim rahbarlari ishtirok etdi. Musobaqada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish sanasi, qatnashish talablari va boshqa tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi.

O‘zA