English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambo: Mamlakat terma jamoasiga nomzodlar ma’lum bo‘ldi
10:34 / 2022-02-24

Poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida uch kun mobaynida shiddatli kurashlarga boy bo‘lgan sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Kecha, 23 fevral kuni ayollar, erkaklar va jangovar sambo yo‘nalishida chempionatning so‘nggi musobaqalari o‘tkazildi.

7 vaznda kechgan bahslarda oltin medallar Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Farg‘ona viloyati vakillariga nasib etdi.

Uchinchi kungi bellashuvlarning barcha g‘olib va sovrindorlari:

Ayollar:

80 kg.

1 o‘rin: Gulmira Ismatova (Samarqand)

2 o‘rin: Charos Ozodova (Xorazm)

3 o‘rinlar: Maftuna Hamdamova (Jizzax), Nigina Xo‘jayeva (Qashqadaryo)

+80 kg.

1 o‘rin: Yulduz Muhammedova (Surxondaryo)

2 o‘rin: Yulduz Nosirova (Navoiy)

3 o‘rinlar: Sevara Shamsuddinova (Navoiy), Kamila Tolegenova (Qoraqalpog‘iston)

Erkaklar:

98 kg.

1 o‘rin: Nodir Mirxoliqov (Toshkent viloyati)

2 o‘rin: Parviz Xalimov (Samarqand)

3 o‘rinlar: Feruz Ro‘zmetov (Xorazm), Erkin Doniyorov (Buxoro)

+98 kg.

1 o‘rin: Nurbek To‘rayev (Buxoro)

2 o‘rin: Husniddin Husanov (Surxondaryo)

3 o‘rinlar: Shohrux Usmonov (Surxondaryo), Hayit To‘rayev (Toshkent)

Jangovar sambo:

71 kg.

1 o‘rin: Olim Normurodov (Navoiy)

2 o‘rin: Noziljon Nizomov (Sirdaryo)

3 o‘rinlar: Zayniddin Pakirov (Toshkent viloyati), Jasur Hamidov (Andijon)

+79 kg.

1 o‘rin: Sherzod Ismanov (Farg‘ona)

2 o‘rin: Furat Ro‘ziyev (Samarqand)

3 o‘rinlar: Rustam Mamatrasulov (Toshkent), Ahror Zohidov (Andijon)

88 kg.

1 o‘rin: Mehriddin Mannonov (Qashqadaryo)

2 o‘rin: Ozodbek Murotov (Toshkent)

3 o‘rinlar: Erali Abrayev (Samarqand), Ikrom Yerjanov (Qoraqalpog‘iston).

Yakunlangan chempionat natijalariga ko‘ra, o‘z vaznlarida munosib o‘rinlarni egallagan sportchilar sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga jalb etiladi.

O‘zA