Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambo: Indoneziyada o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston madhiyasi yangradi
08:40 / 2025-10-05

Indoneziyaning Bogor shahrida sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionatining ortda qolgan ikkinchi kungi bellashuvlarida 12 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Ikki kungi bellashuvlardan so‘ng terma jamoamiz a’zolarining umumiy medallar soni 10 taga yetdi.

Jahon chempionatining birinchi kunida 8 ta medal jamg‘argan sambochilarimiz ikkinchi kungi bahslar sarhisobiga ko‘ra, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Yoshlar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarga gilamga chiqqan Ozodbek Atayev -64 kilogramm vaznda barcha raqiblarini mag‘lub etib, g‘oliblikni tantana qilgan bo‘lsa, Bilolbek Abdug‘apporov o‘smirlar o‘rtasida -79 kilogramm vaznda kumush,  -65 kilogrammda Mashhura G‘aniyeva(yoshlar) va -88 kilogrammda Sanjar Oblaqulov (yoshlar) bronza medallariga ega chiqishdi.

Mahoratli sambochimiz Ozodbek Atayev final bellashuvida qozog‘istonlik Daniyar Xalmagambetovni mag‘lub etdi. Uning g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i yuksalib, madhiyamiz baralla yangradi.

5 okyabr kuni jahon chempionatining so‘nggi kunida yoshlar -64 va -88 kilogramda, yosh qizlar -47, -59, -80 kg.da, o‘smirlar -71 va -98 kilogramda, o‘smir qizlar -54 va -72 kilogramda, shuningdek jangovar sambo yo‘nalishida o‘smirlar -58, -79 hamda +98 kilogramda g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jahon chempionatida 20 dan ziyod davlatning mahoratli sambochi yoshlari 37 ta medallar jamlanmasiga da’vogarlik qilmoqda.

T. Ro‘ziyev, O‘zA