Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandning ishbilarmon ayollari
16:48 / 2023-08-18

O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, izlanuvchan, tashabbuskor tadbirkor va fermer xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Bugungi kunda viloyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida keng ko‘lamli amalga oshirilmoqda. “Ishbilarmon ayol-2023" ko‘rik-tanlovi ham mazkur tadbirlarning biri hisoblanib, viloyatdagi barcha tuman, shahar, faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollar maydoniga aylandi.  

[gallery-13168]

– Ayol tadbirkor bo‘lsa, hayoti go‘zallashadi, oila farovonligi ortadi, jamiyat hayotidagi ishtiroki faollashadi, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Sayfiddinova – Xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish borasida partiyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi iqtisodiyotimizni yuksaltirishda yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etib, aholi farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarni kashf etish orqali zamonaviy ishbilarmon ayollar qiyofasini yaratdi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.  

Tanlov jarayonida ishtirokchi xotin-qizlar faoliyatini baholashda nafaqat ishlab chiqarilgan mahsulotlari ko‘rgazmasi, balki zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari yaratgani, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqargani, aholiga xizmat ko‘rsatishni qay darajada yo‘lga qo‘ygani, partiyamiz tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlardagi faolligi, o‘z faoliyatida uchrayotgan to‘siq va g‘ovlarni qay darajada bartaraf etayotganiga ham alohida e’tibor qaratildi.  

Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra, Toyloq tumanidagi "Anvar Aziza Invest" fermer xo‘jaligi rahbari Tavsiya Xayrullayeva birinchi o‘ringa munosib deb topildi. Pastdarg‘om tumanidagi "Mehribon shirinliklari" MCHJ rahbari O‘g‘iloy Ergasheva ikkinchi, bulung‘urlik hunarmand Gulsara Qudratova uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, boshqa ishtirokchilar ham O‘zLiDeP va hamkor tashkilotlarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

G‘. Hasanov,  

A. Isroilov (surat), O‘zA