Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandning eng mashhur kaboblari aniqlandi
20:37 / 2022-03-20

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati o‘tkazilgan sayil doirasida “Kabob” festivali tashkil etildi.

Mazkur festival Samarqandning gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lib, unda Samarqand shahridagi restoran va kafelar vakillari o‘z mahoratini namoyish etdi. Festival viloyati hokimligi, O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. 5 ta yo‘nalishda o‘tkazilgan festivalda yetti jamoa o‘zaro bellashdi.

Hakamlarning xulosasiga ko‘ra, festivalda Shashlik.uz brendi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan kabobpazlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shashlik.uz  yeabobpazlari tomonidan 50 kilogram qiyma go‘shtdan 20 metrlik kabob tayyorlandi.

[gallery-6240]

Alisher ISROILOV (surat),O‘za