Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandning 2021 yil byudjeti tasdiqlandi: 418,6 milliard so‘m sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltiriladi
17:30 / 2020-12-29

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun o‘tkazilgan yigirmanchi sessiyasida viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayev viloyat mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2021 yil byudjeti haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilda mahalliy byudjet daromadlari (yirik soliq to‘lovchilar bilan birgalikda) 2656,9 milliard so‘m miqdorida yoki 2020 yilga nisbatan 111,9 foiz (2020 yilda kutilayotgan tushum 2374,0 milliard so‘m) bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

2021 yil uchun byudjetni tuzishda bazaviy soliq stavkalari quyidagi miqdorda saqlab qolindi:

- qo‘shilgan qiymat solig‘i – 15 foiz;

- foyda solig‘i -15 foiz;

- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12 foiz;

- ijtimoiy soliq byudjet tashkilotlari uchun – 25 foiz va qolgan barcha sub’ektlarga – 12 foiz);

- mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun aylanmadan olinadigan soliq – 4 foiz.

Byudjet-soliq siyosati bo‘yicha taklif etilayotgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda 2021 yil uchun viloyatning byudjeti daromadlari 1 trillion 297,8 milliard so‘mga, xarajatlari esa 1 trillion 284,5 milliard so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda.

Byudjet xarajatlarining 42,4 foizi (544.3 milliard so‘mi)ni ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar tashkil etadi. 615,7 milliard so‘mi ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi. Bunda eng katta xarajat (418,6 milliard so‘m) sog‘liqni saqlash sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.

G‘.HASANOV, O‘zA