Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandni “Double decker” avtobusida tomosha qiling
09:25 / 2022-09-30

Samarqand shahrida sayyohlar va mahalliy aholiga shunday imkoniyat yaratildi.

Xorijdan keltirilgan ikki qavatli zamonaviy avtobus shaharning Amir Temur maqbarasidan “Buyuk ipak yo‘li” turistik markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadi.

– Shahrimiz aholisi va sayyohlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ikki qavatli bitta “Double decker” avtobusi olib kelindi, – deydi Samarqand viloyati turizm va madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Narziqulov. – Bu Samarqandga kelgan mehmonlarga barcha diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun qo‘shimcha qulaylik. Avtobus ma’lum muddat eksperiment sifatida belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. Talabga ko‘ra, kelgusida ularning soni ko‘paytiriladi.
 

G‘.Hasanov, 
O‘zA