English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandni aholi va tadbirkorlar uchun ham, turistlar va investorlar uchun ham jozibador hududga aylantira oldik – Prezident
17:20 / 2025-11-25

Prezident Samarqand viloyatida erishilgan natijalar va ishga solinmagan imkoniyatlarni qayd etdi.

O‘tgan sakkiz yilda viloyatga 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 600 ming doimiy ish o‘rni yaratildi, tadbirkorlar 2 karra ko‘paydi.  

Ishlab chiqarish korxonalari soni 1,5 barobar, sanoat hajmi 1,7 barobar o‘sdi. Yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar soni 81 taga yetdi. 55 ta davlatdan xorijiy investorlar ish boshladi, chet el ishtirokidagi korxonalar soni 700 taga yaqinlashdi. Xizmatlar yiliga o‘rtacha 15 foizdan o‘sayapti, bu yil servis hajmi 75 trillion so‘mga yetadi.  

Shuningdek, 2024 yil va bu yilning 10 oyida 15 million kvadrat metrli uy-joy va tijorat ob’ektlari barpo etildi. Samarqandlik quruvchilar respublika bo‘yicha yiliga 4,5 million kvadrat metrli bino-inshootlar qurayapti.  

Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 2016 yilda 23 trillion so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 120 trillion so‘mga yetadi.  

Odamlar viloyatda amalga oshirilgan ishlar hisobiga oilasida katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytayapti.  

Masalan, o‘tgan davrda 2 trillion so‘mlik 3 ming 200 kilometr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi.  

–Bir so‘z bilan aytganda, Samarqandni aholi va tadbirkorlar uchun ham, turistlar va investorlar uchun ham jozibador hududga aylantira oldik, – dedi Prezidentimiz.  

O‘zA