Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandliklarga yil yakuniga qadar 2270 gektar yer ijaraga beriladi
18:16 / 2022-09-19

Bu viloyat hokimi E.Turdimovning shu yil 15 sentyabrda qabul qilingan qarorida belgilandi. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 10 sentyabrdagi “Dehqon xo‘jaliklarni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qarorga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar qo‘shimcha 2270 gektar, 2023 yilda esa 7586 gektar ekin maydonlari ochiq va shaffoflikni ta’minlagan holda dehqonchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga ijaraga beriladi.

Suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlar kamida 0,30 gektarga hamda kam suvli yerlarda kamida 0,5 gektarga teng bo‘lgan hajmlarda lotlarga ajratilib, ochiq elektron tanlovga qo‘yiladi. Mazkur maydonlarga Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tavsiyasiga asosan, hududlar ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan va eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladi.

Bunda, sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va kartoshka ekinlarini intensiv usulda ekishga alohida e’tibor qaratiladi. Yetishtirilgan tayyor mahsulotni xarid qilish, uni qayta ishlash, saqlash, ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirishga agrosanoat klasterlari, tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi korxonalar jalb qilinadi.

Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2022 yil boshida viloyatda 6303 gektar yer maydoni fuqarolarga ijara huquqi asosida ajratib berilgan edi.

G‘.Hasanov, O‘zA