Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandliklar muborak ziyoratga yo‘l oldi
10:10 / 2024-06-03

Samarqand xalqaro aeroportida Haj ziyoratiga otlangan ziyoratchilar kuzatildi.

Viloyat hokimligi va keng jamoatchilik vakillari ularga oq yo‘l tiladi.

– Bu yil mingga yaqin samarqandliklar Haj ziyoratiga bormoqda, – deydi viloyat bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yoqubjon Mansurov. – Dinimizning beshinchi farzi bo‘lgan Haj ziyoratini amalga oshirish uchun ziyoratchilarga barcha sharoitlar yaratildi. Ular safar oldidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, muqaddas Haj amallarini mukammal amalga oshirish uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘ylaymizki, hojilarimiz ziyorat amallarini dinimizga xos odob-ahloq bilan ado etib, yurtimiz tinchligi, taraqqiyoti uchun duolar qilib qaytishadi.

[gallery-17673]

– Ulug‘ ziyorat nasib etganiga beadad shukurlar bo‘lsin, – deydi bulung‘urlik Sobir Maxsumov. – Dinimizning muhim amallaridan birini ado etishga yo‘l olayotgan har bir yurtdoshimizning qalbida shu kunlarga yetkazganiga shukronalik hissi bor. Albatta, har bir ziyoratchining muqaddas zaminda qiladigan ilk duosi yurtimizning tinchligi bardavom bo‘lishini tilashdan boshlanadi. Haj amallarini munosib ado etish barcha ziyoratchilarga nasib etsin.

 

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari