Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandliklar kommunal xizmatlar sifatidan norozimi?
12:14 / 2022-01-22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev kecha xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida 2021 yil davomida viloyatdagi sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlashi holati yuzasidan bergan axborotida qayd etishicha, o‘tgan yil davomida Samarqand viloyati aholisi tomonidan gaz, elektr energiyasi va suv ta’minoti masalasida 2698 ta murojaat kelib tushgan.

 Bu Xalq qabulxonalariga murojaatlarning eng ko‘p qismidir.

– Birgina 2021 yil 20 dekabrdan 2022 yil 5 yanvarga qadar gaz ta’minoti masalasida 489 ta, elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 479 ta va ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan 83 ta murojat kelib tushganligi achinarli holatdir, – dedi M.Turdiyev. – Bu masalada tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlarini tinglash lozim bo‘ladi. Samarqand viloyati bunday murojaatlar soni bo‘yicha respublikada eng yuqori ko‘rsatkichda turibdi.

Axborotda keltirilishicha, 2021 yil davomida viloyat, shahar va tumanlardagi Xalq qabulxonalariga jami 22 ming 540 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 5327 taga (22,5 foiz) ko‘paygan. 

Jumladan, Samarqand shahridan 1662 nafar, Samarqand tumanidan 394 nafar, Urgutdan 283 nafar, Pastdarg‘om tumanidan 210 nafar fuqaro murojaat qilgan. Bu murojaatlar orasida kommunal sohadan keying eng ko‘pi (2106 ta) moddiy yordam olish, aliment undirish (1709 ta), ish bilan ta’minlash (1622 ta), uy-joy va yer bilan ta’minlash (1163 ta)ga doir bo‘ldi. Shuningdek, ichki ishlar faoliyati bilan bog‘liq 1170 ta, prokuratura faoliyatiga oid 1088 ta murojaat tushgan.

Samarqand viloyati tuman va shahar sektor rahbarlari tomonidan 2021 yil davomida 2149 ta sayyor ommaviy qabullar o‘tkazilgan. Qabullarda 20574 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 11474 tasi ijobiy hal qilingan, 9054 tasiga tushuntirishlar berilgan. Murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar xodimlariga tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash borasida Xalq qabulxonalari tomonidan chiqarilgan taklif va taqdimnomalarga asosan 201 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ta’sir choralari ko‘rilgan.

G‘.HASANOV, 
O‘zA