Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandlik yoshlar soliq qonunchiligidan xabardormi?
15:08 / 2026-02-26

FOTOREPORTAJ

Samarqand shahrida “Soliq bilimlari – yosh avlodga” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Loyiha yoshlar o‘rtasida soliq madaniyatini yuksaltirish, ularning iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash, soliqlarning davlat byudjetidagi o‘rni va ahamiyati haqida keng tushuncha berishga qaratilgan.

Viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 54 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilarning yosh toifasidan kelib chiqib, turli ijodiy yo‘nalishlarda tashkil etildi.

[gallery-27878]

5–7-sinf o‘quvchilari soliq mavzusini tasviriy san’at orqali ifodalab, o‘z bilimlarini ijodiy ishlarida namoyish etdi. Ularning ishlarida soliqlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, bunyodkorlik jarayonlari va farovonlik manbai ekani bolalar nigohi bilan yorqin tasvirlandi.

8–9-sinf o‘quvchilari mavzu yuzasidan insho yozib, soliqlarning ahamiyati, fuqarolik mas’uliyati va soliq madaniyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Ularning ishlari mustaqil fikrlash va mantiqiy yondashuv bilan ajralib turdi.

10–11-sinf o‘quvchilari esa zamonaviy yondashuv asosida videorolik va rilslar tayyorlab, soliqlarning davlat taraqqiyotidagi o‘rni, byudjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi jarayonlarini kreativ tarzda yoritdilar.

Yakunda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘oliblar respublika bosqichida Samarqand viloyati sharafini himoya qiladi.

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA