Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandlik yoshlar – g‘olib
17:53 / 2016-06-13

Poytaxtimizda mini-futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda mini-futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mini-futbol assotsiatsiyasi tomonidan ushbu sport turini yoshlar o‘rtasida ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash va terma jamoalarga jalb etish maqsadida tashkil etilgan turnirda Toshkent shahri, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan yoshlardan iborat terma jamoamiz a’zolari bahslashdi.

Chempionatda Samarqand viloyati jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu jamoa guruh bosqichida jizzaxliklarni 5:1, Qashqadaryo viloyati jamoasini 28:5, yarim finalda Toshkent shahri jamoasini 4:2, hal qiluvchi bahsda Buxoro viloyati jamoasini 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mamlakat chempioni bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Toshkent shahri jamoasi jizzaxlik tengdoshlarini 10:9 hisobida yengib, chempionatning bronza medali bilan taqdirlandi.