French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandlik yoshlar birlashdi
07:11 / 2021-06-12

Samarqandda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival Samarqand shahridagi buyuk ajdodlarimiz – Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy haykallari poyiga gul qo‘yish tadbirlari bilan boshlandi. Tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar ishtirok etib, ulug‘ bobolarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi.

Festival sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga bag‘ishlangan yurish marafoni bilan davom etdi. E’tiborlisi, Registon maydonidan Universitet xiyobonida o‘rnatilgan sohibqiron Amir Temur haykali o‘rnatilgan hududgacha bo‘lgan masofada o‘tkazilgan marafonda 20 mingga yaqin yoshlar hamda katta avlod vakillari ham ishtirok etdi. Ushbu tadbir yakunida festivalning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand shahri hokimi Boburmirzo Obloqulovlar tadbir ishtirokchilarini o‘ziga xos bayram bilan tabrikladi. Marosimda festival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi va yoshlar faollikka chorlandi.

[gallery-2748]

Yoshlarni birdamlikka undayotgan festival Registon maydonidan tortib Mirzo Ulug‘bek rasadxonasigacha bo‘lgan 10 kilometrlik masofada o‘tkazilgan velomarafon bilan davom ettirildi. Velomarafonda ham yoshlar faol ishtirok etdi. Unda o‘g‘il bolalar o‘rtasida Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Sardor Muxtorov birinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tgan bo‘lsa, qizlar bahsida ham Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Muxlisa Sanaqulova g‘olib bo‘ldi. Velomarafon g‘olib va sovrindorlari tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Festival doirasida belgilangan tadbirlar davom etmoqda.  

 

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA