Samarqandlik yengil atletikachilar ochiq chempionatda yetakchilikka erishdi
Toshkentda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati yakunlandi.
O‘zbekistonning barcha hududlari hamda Tojikiston, Ukraina, Qozog‘istondan kelgan 350 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan ochiq chempionat musobaqalarida 9 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan Samarqand viloyati jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

7 tadan oltin, kumush va bronza medaliga ega chiqqan poytaxt jamoasi ikkinchi, 5 ta oltin, 6 ta kumush va 8 ta bronza medalini jamg‘argan Toshkent viloyati yengil atletikachilari 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA