Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandlik talabalar final bosqichida qatnashadi
04:10 / 2019-10-29

Samarqandda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan anʼanaviy “Universiada“ sport oʻyinlaridan oʻrin olgan qoʻl toʻpi bahslarining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.


Samarqandda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan anʼanaviy “Universiada“ sport oʻyinlaridan oʻrin olgan qoʻl toʻpi bahslarining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari talabalari final bosqichi yoʻllanmasi uchun kurashdi.

Hududiy bosqichning har ikki bahsida - yigitlar va qizlar oʻrtasida ham samarqandlik sportchilar gʻalaba qozonib, final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

-Jamoamiz bilan final bosqichida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishni maqsad qilganmiz, - deydi Samarqand davlat universiteti talabasi Mohira Muyassarova. - Buni hududiy bosqichdagi oʻyinlarimizda isbotladik, deb oʻylayman. Endi final bosqichi oʻyinlariga yanada masʼuliyat bilan tayyorgarlik koʻrib, bizga bildirilayotgan ishonchni oqlaymiz.