Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandlik talabalar Ashxobodda zafar quchdi
15:34 / 2025-04-21

13–18 aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Xalqaro ochiq matematika fan olimpiadasi (“OMOUS–2025”)da Samarqanddagi O‘zbekiston – Finlandiya pedagogik institutining to‘rt nafar talabasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Dunyoning turli davlatlaridan 600 nafardan ortiq talaba qatnashgan musobaqaning individual bellashuvlarida Erali Boyqobilov kumush, E’zoza Ilhomova esa bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoaviy bahslarda ham samarqandlik talabalar muvaffaqiyat qozondi. 

– Bunday xalqaro musobaqalar nafaqat shaxsiy salohiyatni oshiradi, balki bir-birini qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy g‘alabaga erishish ruhini shakllantiradi, – deydi Erali Boyqobilov. – Bu natija bizni doim qo‘llab-quvvatlagan ustozlarimiz va institutimiz rahbariyatining xizmatlari mahsulidir.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri