Samarqandlik olima Nizomiy medali bilan taqdirlandi
Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan turk dunyosi adabiyot va kitob forumida Samarqand davlat chet tillar instituti professori, taniqli adabiyotshunos olima Dilorom Salohiy Turkiy davlatlar tashkiloti huzuridagi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY tomonidan ta’sis etilgan Nizomiy medali bilan taqdirlandi.
– Turkiy millatlarni birlashtirib turgan buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy, Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Maqsud Shayxzoda kabi ajdodlarimiz davomchisi bo‘lganimiz sababli turkiy millatlar o‘rtasida adabiyot sohasida ham hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga hissa qo‘shishimiz lozim, – dedi olimi mukofotni qabul qilib olar ekan.
Forum davomida Dilorom Salohiyning ilmiy-ijodiy qarashlari jamlangan “Shayx Nizomiy ma’rifati” nomli kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi va u tadbir qatnashchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
G‘.HASANOV, O‘zA