English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandlik bokschi qizlarga teng keladigani topilmadi
10:00 / 2026-01-14

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar va o‘smir qizlar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Mazkur chempionatda Samarqand viloyati qizlari 4 ta oltin, 3 kumush va 7 ta bronza medallari jamg‘argan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatidan kelgan bokschi qizlar 4 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritib, ikkinchi o‘rinni band etdi.  

[gallery-27109]

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari va Respublika Olimpiya va paralimpiya markazining charm qo‘lqop ustalari 4 ta oltin 1 ta bronza medal to‘plab kuchli uchlikdan joy oldi.  

[gallery-27110]

Ma’lumot o‘rnida, bugun 14 yanvar kuni Toshkent shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida  O‘zbekiston chempionati start oladi. 22 yanvarga qadar davom etadigan musobaqada Toshkent shahar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va yurtimizning barcha viloyatlaridan eng yaxshi bokschilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Mamlakat birinchiligi "Los Anjeles-2028" sari yo‘l shu yerdan boshlanadi" shiori ostida o‘tkaziladi. Janglar Olimpiya shaharchasidagi Yakkakurashlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev,  

Muhammad AMIN, Oʻktam Hayitov (surat),O‘zA