Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandlik 28 nafar mahkum afv etildi
13:03 / 2021-12-11

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari farmoniga ko‘ra, 182 nafar shaxs afv etildi.

Jumladan, Samarqand viloyati bo‘yicha 28 nafar mahkum ham jazodan ozod etilib, oilasi bag‘riga qaytdi.


- Sobiq mahkumlarning o‘n nafari Urgut tumanidan, 5 nafari Samarqand shahridan,           - deydi Samarqand viloyati IIB probatsiya bo‘limi katta inspektori Nodir Karimov.

 - Afv etilganlarning 1 nafari ayol kishi, 3 nafari 60 yoshdan oshgan fuqarolardir. Endi bu fuqarolarning jamiyatga moslashuvini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bu borada mahalliy hokimliklar va tegishli idoralar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘riladi.

G‘.HASANOV, O‘zA