Samarqandda davom etayotgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
– Samarqanddagi yig‘ilish Bosh Assambleyaning avvalgi sessiyalaridan bir qator jihatlari bilan farq qilmoqda, – deydi Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov. – Jumladan, 25-sessiyada investitsion va global ta’lim forumlari keng miqiyosda tashkil etildi va unda tashkilotga a’zo aksariyat davlatlar vakillari qatnashdi. E’tiborlisi, ikkala forum ham YUNVTO faoliyati va dunyoda turizmni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalarni muhokama qilib olish uchun qulay maydon bo‘ldi. Yurtimiz uchun investitsiya forumi va ko‘rgazmasi sayyohlik salohiyatimizni namoyon etish va xorijlik hamkorlar bilan kelishib olishga keng imkoniyat yaratdi. Birgina Samarqand viloyatiga 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. To‘rt yo‘nalishdagi ushbu shartnomalar asosida 2024 yilda yirik loyihalar amalga oshiriladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YRDRLlCFpTo" title="Samarqandga turizm yo‘nalishida 1 milliard dollar investitsiya kiritiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>G‘.Hasanov, A.Isroilov (video),
O‘zA muxbirlari