Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandga sayohat
08:55 / 2021-03-04

bugungi kunda barcha sohalar qatori neft va gaz sohasida ham ichki turizmni rivojlantirishga keng e’tibor qaratilmoqda. Bu borada fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishtirish borasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.

8-mart  – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Muborak” gazni qayta ishlash zavodining sex va bo‘limlarida ishlab chiqarish hamda jamoat ishlarida ilg‘or qatnashgan bir guruh xotin-qizlar Samarqand shahriga ikki kunlik sayohatga yuborildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sayohat davomida ayollar  qadimiy Samarqandning diqqatga sazovor joylari, jumladan, “Registon” maydonidagi “Tilla Kori”, “Sherdor”, “Ulug‘bek” madrasalari, “Amir Temur” maqbarasi,  “Shohi Zinda” majmuasida bo‘ldi. Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning  “Hazrati Xizr” maqbarasi yonidagi qabrini ham ziyorat qildi.  

 Mazkur sayohat tadbiri “O‘zbekneftgaz” AJning Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida imtiyozli ravishda tashkil etildi.

 

O‘zA